Madaniyat vazirligi

@madaniyatvazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Posts
4,324
Follower
16.2k
Following
14
#Ochiq _muloqot ⚡️Bugun, 4-iyul kuni Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov boshchiligida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo’yicha ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda, madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Bahodir Ahmedov, O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov hamda bir qator taniqli san’atkorlar, shoirlar, bastakorlar va madaniyat sohasi xodimlari, tizim tashkilotilari rahbarlari ishtirok etishdi.
50 2
8 vor Stunden
#anons 🎭 Bugun, 4-iyul kuni soat 18:30 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida – “Zamon avloniysi” spektakli namoyish etiladi. Sahnalashtiruvchi rejissyor – D.Xaqberdiyev. Sahnalashtiruvchi dirijyor  - A.To‘rayev. 📞Murojaat uchun:  (+998) 71-245-1633 (+998) 90-959-3456
24 1
10 vor Stunden
#Faxr ⚡️ Yoshlar kuni arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo’shayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. ⏺”Kelajak bunyodkori” medali bilan, Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo’yicha bosh mutaxassisi; Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi; Yusupova Aysanem Azatovna - O’zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor; ⏺”Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan, Sabirov Azizbek Davronbekovich - O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi; Yo’ldoshev Abbos Bahrom o’g’li - O’zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali 3-bosqich talabasi mukofotlandi. 🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi mukofotlangan yoshlarni samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
35 2
12 vor Stunden
#Fotoreportaj #Maqom _2024 #Xorazm _viloyati_paviloni 🎼 Joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati” anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman doirasida Xorazm viloyati uchun ajratilgan maydonda Xorazmning o‘ziga xos urf-odat va madaniy qadriyatlari, turizm va hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etish maqsadida Ichan qal’a davlat muzey qo‘riqxonasida joylashgan “Kalta” minor, “Islom xo‘ja” minorasi, “Chodra hovli” hamda “Ota” darvoza kabi qadimiy me’moriy obidalarning dekoratsiyalari o‘rnatildi. Shuningdek, Xorazmning o‘ziga hos naqqoshlik va yog‘och o‘ymakorlik, zargarlik hamda hunarmandchilikning boshqa turlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi ansambli tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro qilinib mahalliy hamda xorijiy sayyohlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
37 1
12 vor Stunden
#Tashrif #Namangan ⚡️ 2-3-iyul kunlari madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo’ldi. Namangan viloyatiga tashrif davomida Bahodir Ahmedov O’zbek milliy maqom san’ati markazi, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyat bo’linmasi, O’zbekkonsert Namangan viloyati bo’linmalari va shu bilan bir qatorda madaniyat muassasalarining san’at sohasiga taalluqli muammolar yechimini ham o’rgandi. Shuningdek, o’rganishlar yakuni bo’yicha Bahodir Ahmedov boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Namangan viloyati madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ijodiy yondashuvlar to’g’risida to’xtalib o’tildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
99 1
1 vor einem Tag
#Kino #Xalqaro _hamkorlik 🇺🇿 🇮🇷 Eronning mashhur “Poytaxt” seriali bir qismi O’zbekistonda suratga olinadi O’zbekiston milliy kino san’ati saroyida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari Furqat Usmonov eronlik rejissyor Sirus Muqaddam boshchiligidagi ijodiy jamoani qabul qildi. Rejissyor bilan birga prodyuser Mahmud Ittihodi va operator Rizo Almasipargular ham tashrif buyurdi. Uchrashuvda mehmonlar O’zbekistonning jozibador manzillari bilan tanishib, Buxoro va Samarqand kabi tarixiy qadamjolarda bo’lishgani va u yerdagi suratga olish manzillarini ko’zdan kechirishganini qayd etishdi. Hamkorlar Eronda o’n uch yildan beri efirga uzatilayotgan mashhur “Poytaxt” seriali yettinchi faslining bir necha qismlarini O’zbekistonda suratga olish istagini bildirishdi. Ushbu loyihani tasvirga olish ishlari 2024-yilning kuz va qish oylarida bo’lib o’tishi ko’zda tutilmoqda. Uchrashuvda mazkur loyihani suratga olish ishlari Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi ko’magida amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar muzokaralar davomida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
37 1
1 vor einem Tag
#Tahlil Bugun, 3-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari ishtirokida 2023-2024-o’quv yili yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Avazxon Tadjixanov o’quv yili yakunlari bo’yicha erishilgan yutuq va yo’l qo’yilgan kamchiliklarga to’xtalib, maktablar kesimida tahliliy ma’lumotlarni muhokama qilib, mazkur o’quv yilida xalqaro tanlov va festivallarda iqtidorli yoshlarning ishtiroki hamda natijadorligi oshganligini e’tirof etdi. Shuningdek, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, o’quvchilar qamrovini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
66 0
1 vor einem Tag
#Teatr #Yangilik 🎭 Kattaqo’rgon shahar drama teatri tashabbusi bilan mustaqil Turkiy tilli davlatlar orasida birinchi marotaba O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Turkiya, Qozoqiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan taklif etilgan ijodkorlar ishtirokida “Buyuk Turon-1” deb nomlangan tarixiy asar davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilishi belgilangan bo‘lib, kuni-kecha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mutassadilari va badiiy kengash a’zolariga uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asarda “Turon” davlati barpo etilishi va Turon davlati tarixida bo‘lib o‘tgan jangu jadallar aks ettiriladi. Ushbu asarni sahnalashtirishda O‘zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissori Asqar Xolmo‘minov hamda turkiy tilli davlatlardan taklif etiladigan ijodkorlar o‘z yurtlarining mutaxassislari, san’at arboblari, xalq rassomlaridan iborat ijodiy guruh ish olib borishadi. “Buyuk Turon-1” spektakli premyerasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi arafasida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari ushbu asarni keng ommaga namoyish etish maqsadida, Madaniyat vazirligi hamda Turksoy xalqaro tashkiloti hamkorligida barcha turkiy tilli davlatlarga gastrol safari uyushtirilishi belgilangan.
19 0
1 vor einem Tag
#Fotoreportaj #Maqom _2024 #Namangan _paviloni 🎼Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o’tkazildi. Mazkur nufuzli anjumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida nutq so’zladi. Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san’at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san’atining noyob namunalari mohirona ijro etildi. Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda O’zbekiston xalq hofizi Kamoliddin Rahimov qo’shiqlaridan termalar - “Ko’chamdan janon o’tganda”, “O’n sakkizda yor yoshi” , “Nargiz” , “Kelmaganingda” , “Qoshingiz qarosimu” , “Namangan tanavvori” kabi qo’shiqlardan tashkil topgan termalar ijro etib anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi. Festivalda Farg’ona va Toshkent ijro yo’llarida mansub Milliy popuri termalar “Janon bo’laman deb” , “Boshdagi ro’moli bo’lsam” , “Aylab keling” , “Shunchamidi” , “Sho’xi parivashga” , “Mustahzod” , “Vodiycha lazgi” kabi termalar ijro etildi. Namangan viloyati ham o’ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an’analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi. Namangan pavilonida “Axsikent” yodgorligi, chust pichoqchilik va milliy do’ppichilik namunalari hamda Namangan shahri tashrif qog’oziga aylangan gullar landshafti ham o’zgacha qiyofa aks etdi. Qolaversa, Shashmaqomimizdan “Sharahbori Navo” , “Sarahbori Oromijon” , “Nasrulloi” , “Savti Feruz” , “Talqini uzzol” , “Qo’qon ushshog’i” , “Toshkent irog’i” kabi nodir durdonalardan ijro etilib anjuman ishtirokchilariga hush kayfiyat baxsh etildi. Tadbir davomida Namangan paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo’ldi.
44 0
1 vor einem Tag
#Xalqaro _hamkorlik 🎼 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi. II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida o‘tkazilgan konferensiya ishtirokchilari bo‘lgan Fransiya Respublikasidan janob Jean During, Tojikiston Respublikasidan janob Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga tashrif buyurdilar. Taniqli olim va musiqachi, CNRS instituti professori, Parijdagi ilmiy tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Jean During hamda Tojikistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, tarix fanlari doktori, professor Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
34 0
1 vor einem Tag
#Maqom _2024 #Zomin #Surxondaryo _paviloni 🎼 Joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkazildi. Ushbu nufuzli festivalda bir guruh san’at va madaniyat vakillaridan iborat Surxondaryo viloyati vakillari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan pavilonning kirish qismida Surxondaryo viloyatining o’ziga xos qadimiy obidalari, turistik salohiyatini aks ettiruvchi milliy hunarmandchilik, kasanachilik, milliy naqshlar hamda savdo rastalari bilan bezatildi. Xususan pavilonda Iso-At-Termiziy maqbarasi tushurilgan dekoratsiya, hunarmandlar tomonidan qo’l mehnatida tikilgan 31 metrlik kashta hamda milliy cholg’ular bilan bezatildi. Viloyat namunali maqom ansambli, Boysun tuman madaniyat markazi jamoasi o’zlarining kuy va qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Hunarmandlar, oshpazlar hamda milliy liboslar ko’rgazmasi namoyish etildi.
63 0
1 vor einem Tag
#Tabrik 🎉 Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasida Qo’mita raisi Rustambek Kurbanovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan qutlov tadbiri bo’lib o’tdi. Unda, O’zbekiston madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Madjidov ishtirok etib, O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrik xatini o’qib eshittirdi hamda Rustambek Kurbanovni uzoq yillardagi samarali mehnatlari uchun vazirlikning “Madaniyat va san’at fidokori” ko’krak nishonini topshirdi. 🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi Rustambek Kurbanovni 70 yillik yubileyi hamda ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
64 0
2 vor Tagen