Ozodbek Nazarbekov

@ozodbek_axmadovich

Minister of Culture of the Republic of Uzbekistan
Posts
1,168
Followers
1.0m
Seguendo
6
#Maqom _2024 #Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi. ✅ O’zbekistonda ikkinchi marotaba o’tkazilgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. ✅ 30-iyun kuni II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi. ✅G’oliblarni O’zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.
301 9
1 giorno fa
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi boshlanish arafasida.
172 7
2 giorni fa
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.
1,086 20
2 giorni fa
Qadrli yoshlar! Barchangizni bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi. Shuning uchun ham hech qo‘rqmasdan baland marralarni ko‘zlab, dadil intilishingiz kerak. Marralarga erishishning eng to‘g‘ri va yagona yo‘li esa – bu ilmdir. Ilmsiz hayot ham, taraqqiyot ham yo‘q! Ilm sizga suyanch bo‘ladi, hayot yo‘lingizni yoritadi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Davlatimiz rahbari kimga ishonib Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deyaptilar? Аlbatta, siz, yoshlarga ishonib. Sizlar bu borada hal qiluvchi kuchsizlar. Shunday ekan, har bir kunni, har bir vaqtni, bugungi berilayotgan imkoniyatlarni qadrlashingiz kerak! Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan. Vaqtni behuda sarflashmagan. Аlbatta, biz ana shunday komil ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Аmmo faqat faxrlanish emas, ularga munosib bo‘lishga ham intilishimiz kerak. Imkoniyat desangiz bor, eʼtibor ham yuksak. Bilasiz, Prezidentimiz qayerga borsalar, vaqt topib yoshlar bilan suhbatlashadilar. Biz, mas'ullarni ham doim shunga undaydilar. Kuni kecha yana yoshlar bilan muloqot qilib, qanchadan-qancha yangi tashabbuslarni, takliflarni ilgari surdilar. Bu yana yangi imkoniyatlar deganidir. Mana shuning o‘zi bugungi siyosatni, yoshlarga bo‘lgan yuksak mehrning ifodasidir. Zero, salgina harakat, bir ozgina intilish bo‘lsa kifoya. Bugun bevosita madaniyat va sanʼat sohasida ham minglab yoshlar faoliyat yuritadi. Yana qanchada-qancha o‘g‘il-qizlar aynan shu yo‘nalishda tahsil olmoqda. Umuman, ijodga mehr qo‘ygan navqiron avlod safi keng. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashga, iqtidorini yuzaga chiqarishga, madad bo‘lishga intilyapmiz.
657 11
2 giorni fa
#ZOR _OVOZ Shanba soat 19:00 da "ZO‘R TV" telekanalida dunyoga mashhur "OVOZ" loyihasining 1-mavsum qarama-qarshilik bosqichini o‘tkazib yubormang.
771 11
4 giorni fa
#ZOR _OVOZ 🥰 Shanba soat 19:00 da “ZO’R TV” telekanalida dunyoga mashhur “OVOZ” loyihasining 1-mavsum qarama-qarshilik bosqichini o’tkazib yubormang 🎙️
1,020 14
4 giorni fa
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirik etib, fikr-mulohazalarimizni bildirdik. Ushbu anjumanda Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er janoblari, shuningdek, Angliya, AQSH, Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashayotgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Fursatdan foydalanib, yurtimizda maqom san'atini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish borasida olib borilayotgan ezgu sa'y-harakatlarga xayrixoh bo‘lib, bu borada yaqindan hamrohlik qilayotganliklari uchun barchalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Konferensiya ishiga esa muvaffaqiyat tilaymiz.
480 4
4 giorni fa
⚡️ Zominda ikkinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani boshlandi. Uning ochilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev nuqt so’zlab, barchani ushbu voqea bilan samimiy muborakbod etdi __________________ ⚡️ В Заамине начался второй Международный форум искусства макома. На церемонии открытия выступил Президент Шавкат Мирзиёев, искренне поздравив всех с этим событием
1,112 11
5 giorni fa
#Maqom _2024 YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o’tkazilayotgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tashrif buyurgan YUNESKO Bosh anjumani raisi S.Mikulesku, AYSESKO tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari A.Kerimov, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi S.Rayev, Turkiy madaniyat va meros fondi Prezidenti A.Raimkulova, Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi o‘rinbosari N.Seytimov, Xalqaro folklor tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Hyung Suk, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Sharifzoda, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri A.Karimli, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri M.N.Ersoy, Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari N.Shirimov, Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri A.Maqsutov hamda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diplomatik korpus vakillari – elchi, konsul, maslahatchilarni O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kutib oldi. ⚡️ Bugun, 27-iyun kuni 80ga yaqin davlat vakillari tashrif buyurgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani”ning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tadi.
2,418 39
5 giorni fa
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qalbi uyg‘oq kasb egalari! Bugun yurtimizda yana bir ajoyib bayram, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Shu munosabat bilan sohaning barcha vakillarini, qalbi uyg‘oq kasb egalarini samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Jurnalistika mashaqqatli, mas'uliyatli, ayni paytda sharafli kasb. Shaxsan men OAV xodimlari faoliyatiga doimo yuksak hurmat bilan qarayman. Sizlarning yaqin hamkorligingiz natijasida keng jamoatchiligimiz, barcha jabhadagi islohotlardan, jumladan, madaniyat va san'at sohasidagi yangiliklardan, yangi tashabbuslar, loyihalar, o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman va festivallar, ko‘rik-tanlovlar va madaniy tadbirlardan vaqtida xabardor bo‘lmoqda. O‘z navbatida, shuni ham ta'kidlashni istardimki, Madaniyat vazirligi o‘laroq, biz har doim ochiqlik va shaffoflik tarafdori bo‘lib kelganmiz va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, xolis va haqqoniy yondashuv uchun "labbay" deb javob berishga biz doim tayyormiz. Dunyoda inson madaniyati ortga chekinib, g‘oyaviy kurashlar, mafkuraviy tahdidlar kuchaygan murakkab bir davrda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda milliy manfaatlarimiz, bebaho madaniyatimiz, ma'naviyatimizni asrab-avaylash yo‘lida sizu biz, barchamiz birgalikda intilsak, albatta, ko‘pdan ko‘p ijobiy natijalarga erishamiz. Bugungi islohotlar ro‘yobiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Shunday sharafli va mas'uliyatli yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ijodda esa yuksak parvozlar tilayman. Yutuq va omad doim hamrohingiz bo‘lsin! Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
925 14
5 giorni fa
27 - 30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga hududlarimizning tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdik.
1,289 21
5 giorni fa
27 - 30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga hududlarimizning tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdik.
7,183 93
6 giorni fa