4 days ago
480
4
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirik etib, fikr-mulohazalarimizni bildirdik. Ushbu anjumanda Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er janoblari, shuningdek, Angliya, AQSH, Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashayotgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Fursatdan foydalanib, yurtimizda maqom san'atini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish borasida olib borilayotgan ezgu sa'y-harakatlarga xayrixoh bo‘lib, bu borada yaqindan hamrohlik qilayotganliklari uchun barchalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Konferensiya ishiga esa muvaffaqiyat tilaymiz.
Zomin ❤️
4 days ago
🔥
4 days ago
Aslida shu postizga tegishli edi yozganlarim
2 days ago
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥👏👏👏
1 day ago