5 days ago
925
14
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qalbi uyg‘oq kasb egalari! Bugun yurtimizda yana bir ajoyib bayram, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Shu munosabat bilan sohaning barcha vakillarini, qalbi uyg‘oq kasb egalarini samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Jurnalistika mashaqqatli, mas'uliyatli, ayni paytda sharafli kasb. Shaxsan men OAV xodimlari faoliyatiga doimo yuksak hurmat bilan qarayman. Sizlarning yaqin hamkorligingiz natijasida keng jamoatchiligimiz, barcha jabhadagi islohotlardan, jumladan, madaniyat va san'at sohasidagi yangiliklardan, yangi tashabbuslar, loyihalar, o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman va festivallar, ko‘rik-tanlovlar va madaniy tadbirlardan vaqtida xabardor bo‘lmoqda. O‘z navbatida, shuni ham ta'kidlashni istardimki, Madaniyat vazirligi o‘laroq, biz har doim ochiqlik va shaffoflik tarafdori bo‘lib kelganmiz va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, xolis va haqqoniy yondashuv uchun "labbay" deb javob berishga biz doim tayyormiz. Dunyoda inson madaniyati ortga chekinib, g‘oyaviy kurashlar, mafkuraviy tahdidlar kuchaygan murakkab bir davrda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda milliy manfaatlarimiz, bebaho madaniyatimiz, ma'naviyatimizni asrab-avaylash yo‘lida sizu biz, barchamiz birgalikda intilsak, albatta, ko‘pdan ko‘p ijobiy natijalarga erishamiz. Bugungi islohotlar ro‘yobiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Shunday sharafli va mas'uliyatli yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ijodda esa yuksak parvozlar tilayman. Yutuq va omad doim hamrohingiz bo‘lsin! Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
🔥
5 days ago
🔥🔥🙌🙌
5 days ago
Rahmat😇
5 days ago
Biz zominliklar bayramni mazza qilib tamosha qilidik tashkilotchilarga raxmat❤️❤️🔥
5 days ago
Assalomu alaykum loyiha egalari iltimos menga javob beriglar muhim Alloh sinovi boshimizga tushdi hozir nongayam qiynalyamiz oylada boquvchimiz yog
5 days ago
Assalaumu alaykum, Ozodbek Axmadovich! Tabrik uchun katta tashakkur!😇🤍
5 days ago
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
5 days ago
Boyramingiz mubarek bolsın. Rahmet
4 days ago