8 days ago
967
7
⚡️ Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali”ning tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi. “Gullar festivali”ning bu yilgi xalqaro tadbirning yuksak saviyada o’tkazilishiga munosib hissa qo’shgan faollarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unga ko‘ra;  “Eng yaxshi dizayner yaratgan gulchi” sifatida –   Mubosher Qodirov e’tirof etildi. Tashkilotlar o’rtasida “Eng yaxshi landshaft dizayn” nominatsiyasi – Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog’iga nasib etdi. Hokimliklar o’rtasida “Eng ma’naviyatga boy landshaft dizayn” nominatsiyasi bo’yicha Yangi Namangan tumani g’olib bo’ldi. Ularga zamonaviy avtomashinalarni O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tantanali ravishda topshirdilar. Shuningdek, “Gullar festivali avtoparadidagi faol ishtiroki”, “Eng yaxshi gul kompozisiyasi”, “Milliy qadriyatlar bo‘yicha gulchilar sulolasi davomchisi”, “Gullar festivalini tashkil etishdagi xizmatlari uchun” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar ham pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bo’lib o’tdi. Tadbir yakunida Namangan osmonini ajoyib mushakbozlik bezadi.
👍 👍 👍 👍
8 days ago
🔥🔥🔥
8 days ago
Assalomu alekum ajoyip nuqil man yugligimda namanganimdasiz likl 😴😴😌😥😥😓😭😭😭😭❤️❤️💔💥✍️👀
7 days ago
kechirmayman😭
7 days ago
❤️❤️❤️❤️❤️
7 days ago
❤️❤️❤️❤️❤️
7 days ago