2 days ago
56
0
⚡️ Bugun, 2-iyul kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivalining g’olib va sovrindorlarini taqdirlash, o’quv yili davomida samarali pedagogik faoliyatini olib borgan professor-о’qituvchilar, о’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan ishchi-xodimlarning mehnatlarini e’tirof etish hamda 2023/2024-o’quv yili yakuniga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. ✅Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Madaniyat vazirligi mutasaddilari hamda institut rahbariyati ishtirok etishdi. Bayram tadbirini madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov va institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so’zi bilan ochib berishdi.