2 days ago
657
11
Qadrli yoshlar! Barchangizni bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi. Shuning uchun ham hech qo‘rqmasdan baland marralarni ko‘zlab, dadil intilishingiz kerak. Marralarga erishishning eng to‘g‘ri va yagona yo‘li esa – bu ilmdir. Ilmsiz hayot ham, taraqqiyot ham yo‘q! Ilm sizga suyanch bo‘ladi, hayot yo‘lingizni yoritadi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Davlatimiz rahbari kimga ishonib Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deyaptilar? Аlbatta, siz, yoshlarga ishonib. Sizlar bu borada hal qiluvchi kuchsizlar. Shunday ekan, har bir kunni, har bir vaqtni, bugungi berilayotgan imkoniyatlarni qadrlashingiz kerak! Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan. Vaqtni behuda sarflashmagan. Аlbatta, biz ana shunday komil ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Аmmo faqat faxrlanish emas, ularga munosib bo‘lishga ham intilishimiz kerak. Imkoniyat desangiz bor, eʼtibor ham yuksak. Bilasiz, Prezidentimiz qayerga borsalar, vaqt topib yoshlar bilan suhbatlashadilar. Biz, mas'ullarni ham doim shunga undaydilar. Kuni kecha yana yoshlar bilan muloqot qilib, qanchadan-qancha yangi tashabbuslarni, takliflarni ilgari surdilar. Bu yana yangi imkoniyatlar deganidir. Mana shuning o‘zi bugungi siyosatni, yoshlarga bo‘lgan yuksak mehrning ifodasidir. Zero, salgina harakat, bir ozgina intilish bo‘lsa kifoya. Bugun bevosita madaniyat va sanʼat sohasida ham minglab yoshlar faoliyat yuritadi. Yana qanchada-qancha o‘g‘il-qizlar aynan shu yo‘nalishda tahsil olmoqda. Umuman, ijodga mehr qo‘ygan navqiron avlod safi keng. Biz ularni qo‘llab-quvvatlashga, iqtidorini yuzaga chiqarishga, madad bo‘lishga intilyapmiz.
🔥🔥🔥🔥
2 days ago
Ассалому алайкум вазир жаноблари яхшимисиз. Сиз билан қандай қилиб боғлансам бўлади
2 days ago
👏👏🔥
2 days ago
👏👏👏🔥❤️🔥❤️😘😘😘
2 days ago
Assalomu alaykum Ozodbek Axmadovich maqom maqom deyapmizku lekin ovoz loyihasida bir yigit milliycha qo‘shiq aytib chiqsa hech kim tanlamadi nimaga chet elni qo‘shig‘ni aytishsa urra qars bosib tanlab olyabsizlar-u lekin haqiyqiy o‘zbekcha qo‘shiq yangrasa o‘zbek xurmati hech kim tanlamadi shunga hayronman yomon ijro etmagandi lekin. Yana maqom baxshichilik deyapmiz ustozlar....
2 days ago
Judayam hafa bo‘ldim o‘zbekcha eski ustoz san‘atkor qo‘shig‘i yangrab turibdi xech kim qarab qo‘ymadi😢😢😢
2 days ago
❤️❤️❤️❤️❤️
1 day ago