1 month ago
0
3
❇️ "Navbahor" ashula va raqs ansambli yuksak e`tirof etildi. ✅ Avval xabar berganimizdek, yaqindagina “Navbahor” ashula va raqs ansambli Ozarbayjon Respublikasi Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan “Shusha – 2024 yilda islom madaniyati poytaxti” tadbirlarining hamda 7-“Xari bulbul” xalqaro raqs festivalining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. E`tiborlisi, ansambl ushbu konsertda nafaqat o‘z repertuaridagi raqslarni balki Ozarbayjon davlat raqs ansambli bilan “Yalla” raqsini ham birgalikda ijro etishib, olqishlarga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, mazkur tantanali tadbirda "Navbahor" ashula va raqs ansamblining yakkaxon tarzdagi “Andijon polkasi” raqsi hamda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ijrosidagi “Lazgi” qo‘shig‘iga ijro etgan raqsi ham mutaxassislar tomonidan yuksak e`tirof etildi. | Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati | @filarmoniyauz
❤❤❤❤❤❤🔥🔥🔥🔥😍😍🔥🔥🔥😘😘😘😘😘😘😘
1 month ago
👏👏👏👏
1 month ago
🔥
1 month ago