Madaniyat vazirligi

@madaniyatvazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Posts
4,313
Followers
16.2k
Following
14
#Tabrik 🎉 Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasida Qo’mita raisi Rustambek Kurbanovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan qutlov tadbiri bo’lib o’tdi. Unda, O’zbekiston madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Madjidov ishtirok etib, O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrik xatini o’qib eshittirdi hamda Rustambek Kurbanovni uzoq yillardagi samarali mehnatlari uchun vazirlikning “Madaniyat va san’at fidokori” ko’krak nishonini topshirdi. 🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi Rustambek Kurbanovni 70 yillik yubileyi hamda ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
23 0
1 hour ago
⚡️ Bugun, 2-iyul kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivalining g’olib va sovrindorlarini taqdirlash, o’quv yili davomida samarali pedagogik faoliyatini olib borgan professor-о’qituvchilar, о’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan ishchi-xodimlarning mehnatlarini e’tirof etish hamda 2023/2024-o’quv yili yakuniga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. ✅Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Madaniyat vazirligi mutasaddilari hamda institut rahbariyati ishtirok etishdi. Bayram tadbirini madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov va institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so’zi bilan ochib berishdi.
23 0
2 hours ago
#Maqom _2024 #Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi. ✅ O’zbekistonda ikkinchi marotaba o’tkazilgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. ✅ 30-iyun kuni II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi. ✅G’oliblarni O’zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.
303 9
1 day ago
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🏆 GRAN-PRI - Eron “Fors” ansambli solisti Ali Asg‘ar Arabshohiy
177 0
2 days ago
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🥇 1-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli 🥇 1-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Tojikiston Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurshid Iroximzoda
107 1
2 days ago
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🥈2-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston Maqom markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi maqom ansambli 🥈2-o‘rin (yakkaxon ijrochi)-Turkiya Chidem Gurdal
160 4
2 days ago
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash 🔴 Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani Xalqaro tanlov g’oliblari e’lon qilinmoqda. 🥉 3-o‘rin (ansambl jamoasi) - Xitoy “Shinjon” badiiy teatri “Maqom” badiiy truppasi 🥉3-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Hindiston Ali Amjad Xon
56 1
2 days ago
#Live #Maqom _2024 #Taqdirlash Ayni paytda Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi boshlanish arafasida.
173 7
2 days ago
#Intervyu _time #Maqom _2024 #Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida bo’lib o’tayotgan II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasidagi tadbirlar xorijiy va mahalliy OAVlarda keng yoritilmoqda.
132 0
2 days ago
#Live #Maqom _2024 #Tanlov #Zomin 🔴 Ayni damda II Xalqaro maqom san’ati anjumanining xalqaro tanlovi bo’lib o’tmoqda.
135 11
3 days ago
#Fotoreportaj #Maqom _2024 #Zomin Ayni kunlarda Jizzax viloyati Zomin tumanida bo’lib o’tayotgan II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida o’tkazilgan xalqaro tanlov jarayonidan lavhalar.
104 0
3 days ago
#Maqom _2024 #Zomin 🎼 Ayni kunlarda Jizzax shahrida II Xalqaro maqom san’ati anjumani bo’lib o’tmoqda. Zominsoy majmuasi hududida anjuman doirasida hududlarning o‘ziga xos madaniyati, san’ati va milliy qadriyatlarini namoyish etish uchun Respublikamizning 14 ta hududi o’z povilyonlari hamda ko’rgazmalari bilan ishtirok etishmoqda.
123 4
4 days ago